"Betis" futbolchisi "Tottenxem"ga o'tishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 523

"Betis" yarim himoyachisi Jovani Lo Selso "Tottenxem"ga o'tadi, deb xabar beradi Britaniya OAV.
The Sun nashrining xabar berishicha, "Betis" futbolchining tovon puli miqdorini kamaytirishga rozi bo'lganidan so'ng, transfer amalga oshish ehtimoli yuqorilab ketdi.
Avvalroq, klub futbolchi uchun 60 million funt talab qilgan, ammo oxir-oqibat uni 45 millionga sotishga rozi bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda 23 yoshli argentinalik "Betis" safida 45 ta o'yin o'tkazib,16 ta gol va 6 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
163