“Inter” 100 mln evro yo'qotdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 511

“Inter”da bosh murabbiy postida o'zgarish bo'lgandan beri 3 ta futbolchi transferga qo'yildi. Rahbariyat Antonio Kontening rejalariga kirmagan Ivan Perishich, Radja Naingolan va Mauro Ikardilarni sotmoqchi.
Natijada esa “Neradzurri”lar shu uchala futbolchi ortidan jami 100 mln evro yo'qotmoqda. Masalan, o'tgan yili 110 mln evroga qiymatlantirilgan hujumchi Mauro Ikardining narxi ayni damda 60 mlnga baholanmoqda. O'tgan mavsum “Manchester Yunayted” 50 mln evro taklif qilgan Perishichni esa “Inter” endi 30 mln evroga pullamoqchi. Klubga 39 mln evroga tushgan Naingolanning xozirgi narxi 15 mln evro.
Umumiy hisoblaganda, “Inter” uchala futbolchidan jami 100 mln evro zarar ko'rmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171