Marko Roys: “Barselona” yoki “PSJ”ga o'tmaganimdan afsusda emasman
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 541

Dortmundning “Borussiya” klubi sardori Marko Roys 2014 va 2015 yillarda bir qancha grand jamoalarni takliflarini nega rad etgani haqidagi savollarga javob berdi.
Roys intervyu bergan Germaniyaning ZDFtelekanali tayyorlagan rolikda hujumchi “Barselona”, “Arsenal”, “PSJ”, “Manchester Yunayted”, “Manchester siti” va “Milan” jamoalariga to'xtalib o'tgan.
“2014-yilda ikkala Manchester klublari va “Milan”dan kelgan takliflarni rad qildik. 2015 yili "PSJ" va “Arsenal”dan taklif oldik. Ko'p o'tmay esa, hatto “Barselona” ham urinib ko'rdi. To'g'risini aytaman, boshida bu menga yoqdi. Dunyoning eng kuchli klubi seni safiga qo'shmoqchi bo'lsa, yoqimli bo'larkan. Rosa ikkilanganman. Ammo… yakunda “Borussiya”dan ajralmaslikka qaror qildim. Nega?! Men uyimdaman va oilamni sha'nini himoya qilishim kerak. Menga qiziqqan, so'rab kelgan barcha jamaolarni hurmat qilaman, biroq mening uyim shu er va qarorlarimdan hech qachon afsuslanmayman. Boriga shukr qilaman, hecham nolimayman, biroq, baribir yagona orzuyim, “Borussiya”ni ChL finalida ko'rish.

Bosh sahifaga
165