Grizmann: Messi “Xush kelibsan” demadi…
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 475

“Barselona”ning yangi hujumchisi Antuan Grizmann jamoadoshi Leonel Messi borasida to'xtalib o'tdi, deya habar beradi Fanatik.com Ispaniya matbuotiga asoslanib.
Habarda bildirilishicha, Grizmann uni Messi hali Kataloniyaga kelganidan beri tabriklamaganini aytgan:
“Messi menga hali qo'ng'iroq qilgani yo'q, ammo shu erdagilar “Xush kelibsan” deyishdi. Mashg'ulotlar avjida, hammadan iliq munosabat ko'ryapman. Umid qilamanki, jamoamga kuchim boricha yordamlashaman”.
Qayd etish kerakki, “Barselona” bu oy Grizmann bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Matbuot esa Leonel Messi va bir-ikkita futbolchilar uning tashrifidan norozi ekanini ta'kidlashdan charchamayapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223