So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rasman. Ronaldudan zo'rlash bilan bog'liq ayblov olib tashlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 657
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu zo'rlash bilan bog'liq ayblov yuzasidan javobgarlikka tortilmaydigan bo'ldi.
AQShning Nevada shtati politsiyasi maxsus bayonot bilan chiqib, futbolchiga nisbatan amerikalik ayol Ketrin Mayorga tomonidan ilgari surilgan ayblov bo'yicha ish ochilmasligini ma'lum qildi.
«Vaziyatni o'rganib chiqib, politsiya shunday xulosaga keldiki, Krishtianu Ronalduga nisbatan ilgari surilgan ayblov etarli isbotga ega emas. Shu bois, unga nisbatan hech qanday jazo chorasi qo'llanilmaydi», – deyiladi politsiya bayonotida.
Ma'lumot o'rnida. 2018 yilning oktyabr oyida AQShlik ayol Ketrin Mayorga bayonot berib, 2009 yilda Las-Vegasdagi mehmonxonada Krishtianu Ronaldu o'zini zo'rlagani haqida ma'lumot tarqatdi. Shu bilan birgalikda, ayolning aytishicha, Ketrin bu masalada sudga murojaat qilmasligi uchun portugaliyalik futbolchi o'sha paytda unga 375 ming dollar pul belgan.