Ibrahimovich raqib futbolchisining yuz suyagini sindirdi (foto+video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 664

«Los-Anjeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich MLS doirasida bo'lib o'tgan «Los-Anjeles»ga qarshi o'yinda raqib jamoa futbolchisi Muhammad Munirning yuz suyagini sindirdi.
Havodagi to'p uchun kurashda shvetsiyalik futbolchi raqibining yuziga tirsagi bilan urdi. Keyinchalik amalga oshirilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida Munirning yuz suyagi singani ma'lum bo'ldi. Ma'lumotlarga qaraganda, jarohat olgan futbolchining yuzi operatsiya qilinadi va u mavsum oxiriga qadar maydonga tusha olmaydi.
Hakamlar bu vaziyatni e'tibordan qochirishdi. Zlatan esa mazkur o'yinda xet-trikka erishdi. Ibrahimovich uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184