Sablyachi qizlarimiz jahon chempionatining jamoaviy bahsida jang qilishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 551
Vengriyaning Budapesht shahrida qilichbozlik bo'yicha jahon chempionati o'z poyoniga etib bormoqda. Bugungi kun dasturida ayollar o'rtasida sablya, erkaklar o'rtasida rapira quroli bo'yicha jamoaviy bahslarning saralash bosqichi o'tkaziladi.
Sablyachilarimiz ham ushbu yo'nalishda ishtirok etishmoqda. Qur'aga ko'ra, ular dastlabki bosqichni AQSh terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi. Terma jamoamiz tarkibi esa quyidagicha: Paola Pliego, Zaynab Dayibekova, Sevinch Ismoilova hamda Yana Obvintseva
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!