Futzal: O'zbekiston milliy terma jamoasi EREMni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 569

Oktyabr oyida bo'lishi rejalashtirilgan futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda yig'in o'tkazayotganidan xabaringiz bor.
Terma jamoamiz yig'in doirasida 2 ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Har ikki o'yinda ham terma jamoamizga qo'shni Qirg'izistonning etakchi klubi – EREM raqiblik qiladi.
Bugun dastlabki bahs “Bunyodkor” akademiyasi zalida tashkil etildi. Qiziqarli tarzda kechgan o'yinda Bahodir Ahmedov ushbu yig'inga jalb etilgan barcha 18 nafar futzalchini sinab ko'rdi. Yakunda vakillarimiz 6:5 hisobida g'alaba qozonishdi.
O'zbekiston m.t.j. – EREM (Qirg'iziston) 6:5
Gollar: Abdulla Solihov, Xushnur Erkinov (2), Ravshan Ismatullaev, Botir Rizaev, Sunnat Jo'raev – Muhsin Bashir (2), Yuldashbay Salimbaev, Saginndik Akimbaev, Beksultan Nazarov.

Bosh sahifaga
186