Murodjon Xolmurodov Italiyadagi musobaqada kumush medalni qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 624

Shu kunlarda Italiyaning di Askoli Pitseno shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha “2 Gran Prix Citta’ Di Ascoli” turniri o'tkazilmoqda. Ushbu musobaqaning bugungi kun bellashuvlari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Omnium yo'nalishida startga chiqqan hamyurtimiz Murodjon Xolmurodov musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'ldi. E'tiborlisi, ushbu muvaffaqiyat orqali sportchimiz o'z hisobiga Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ham qo'shib qo'ymoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248