“Napoli” Xames bilan kelisha olmasa, jahon chempionini xarid qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 597
“Napoli” “Lion” yarim himoyachisi Nabil Fekirga qiziqib qoldi. Bu haqida L’Équipe nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, neapolliklar “Real” futbolchisi Xames Rodriges bilan kelisha olmasa, Fekirni xarid qilmoqchi. Shuningdek, Fekir xizmatiga “Valensiya” va “Betis” klublari qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum 26 yoshli Fekir “Lion” safida 39ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan va 9ta golga hammualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!