Buffon “Lokomotiv”ga o'tishi mumkin edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 590
“Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffon faoliyatini Rossiyaning “Lokomotiv” klubida davom ettirishi mumkin edi. Bu haqida Betting Insider xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchining agentlari mijozi xizmatlarini rus klubiga taklif qilgan. Agar, Buffon yaxshigina taklif olganda faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin edi. Ammo “Lokomotiv” jamoaning asosiy posboni Marinato Gilerme bilan yangi bitim imzolagan edi.
Eslatib o'tamiz, 41 yoshli Buffon “Yuventus” bilan 1 yillik shartnoma imzolagan edi. U yiliga 1,5 million evro maosh oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!