Kristian Eriksen faoliyatini "Atletiko"da davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 597
Tottenxem yarim himoyachisi Kristian Eriksen Ispaniya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Manbaning ma'lum qilishicha, 27 yoshli futbolchining agenti "Atletiko"ga mijozi xizmatlarini taklif qilgan.
Xabar qilinishicha, "Atletiko" 70 mln evro evaziga futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Avvalroq, Eriksen yozda Tottenxemni tark etish istagini bildirgan edi, ammo futbolchi hali rasmiy taklif olganicha yo'q.
Ma'lumot uchun, futbolchiga "Real" va "Manchester Yunayted" jamoalari ham qiziqish bildirayotgan edi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Eriksen APLda 35 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol va 12 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!