Neymar «PSJ»ning bugungi o'yin uchun qaydnomasiga kiritilmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 804
"Pari Sen-Jermen" klubi bugun "Nyurnberg"ga qarshi nazorat o'yinini o'tkazadi. Parijliklar rasmiy tvitteri mazkur o'yin uchun Germaniyaga yo'l olgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Undan jamoa hujumchisi Neymar o'rin olmagan. Buning sababi ma'lum qilinmagan. 27 yoshli futbolchi klubni tark etishni istayotgani uchun murabbiylar shtabi shu qarorga kelgan bo'lsa ajab emas.
"Nyurnberg" - PSJ o'yini bugun, Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!