"Fiorentina" Fernando Lorente bilan shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 522
"Totenxem"ning sobiq hujumchisi Fernando Lorente "Fiorentina" qiziqishlari doirasiga tushdi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
Italiyaliklar bu yozda hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida va erkin agent maqomida bo'lgan ispaniyalik hujumchi bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi.
Avvalroq, italiya klubi vakillari 34 yoshli futbolchiga taklif bilan murojat qilishgan edi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Lorente "Totenxem" tarkibida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!