"Barselona" "Betis" himoyachisini sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 663

"Betis" himoyachisi Junior Firpo "Barselona"da o'z faoliyatini davom ettirishi mumkin.
El Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Betis" klubi 22 yoshli chap qanot himoyachisini 25-30 million evroga sotishga tayyor.
Ma'lumot uchun, 2018/19 yilgi mavsumda La Ligada Firpo 24 ta uchrashuvda maydonga tushib 3 ta gol urgan.
Shuningdek, Evropa ligasida 4 ta, Ispaniya Kubogida esa 1 o'yinda maydonga tushgan.
Bundan tashqari, Firpo Ispaniya yoshlar terma jamoasida o'z debyut o'yinini o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
164