Bugun besh nafar qilichbozimiz JChda ishtirok etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 549
Vengriya poytaxtida qilichbozlik bo'yicha jahon chempionati bellashuvlari davom etadi. Bugun musobaqaning ikkinchi kun doirasida erkaklar o'rtasida shpaga, ayollar o'rtasida rapira qurollari bo'yicha saralash bellashuvlari o'tkaziladi.
Bugungi dasturda shpagachilarimizdan Oleg Sokolov, Javohirbek Nurmatov, Hasan Badunov, Fayzulla Alimov yurtimiz sharafini himoya qilsa, rapirada Yana Alborova raqibalariga qarshi saralash janglarini olib boradi.
Musobaqa reglamentiga ko'ra, dastlabki 3 kun ichida barcha yo'nalishlarda saralash bahslari o'tkaziladi. Unda muvaffaqiyatli ishtirok etganlar 18 iyuldan boshlab medallar uchun kurash olib borishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218