Paralimpiyachilarimizning navbatdagi muvaffaqiyati
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 526
Ayni kunlarda Qozog'istonning Nur-sultan shahrida para pauerlifting bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda. E'tiborlisi, terma jamoamiz vakillari musobaqaning bugungi kun dasturida ham shohsupaga ko'tarilishdi. Ayollar o'rtasida 61 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida ishtirok etgan Ro'za Qo'zieva 125 kilogramm natija bilan jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi.
Para pauerlifting. Ayollar, -61 kg:
1. Lyusi Ejike (Nigeriya) – 132 kg
2. Ro'za Qo'zieva (O'zbekiston) – 125 kg
3. Raisa Toporkova (Ukraina) – 123 kg
Ta'kidlash joiz, bu terma jamoamizning musobaqadagi uchinchi medali bo'ldi. Bundan avvalgi kun bellashuvlarida hamyurtlarimiz Azizbek Turg'unov (-59 kg) hamda Sultonboy Matyakubov (-72 kg) ham o'z vazn toifalarida kumush medalga sazovor bo'lishgan edi.