So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ikki federatsiya Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo'yicha hisobot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 404
Ayni paytda Tokio Olimpiadasiga katta hajmda ishlar amalga oshirilayotgan sir emas. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi bilan hamkorligida ishlab chiqilgan qator dasturlar bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Unga ko'ra, yurtimizda faoliyat olib borayotgan Olimpiya o'yinlari dasturidagi har bir federatsiya Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo'yicha hisobot topshiradi. Bugun MOQda ana shunday hisobotlardan biri o'tkazildi. Unda O'zbekiston “ROWING & CANOE” hamda suv sporti federatsiyalarining ishi ko'rib chiqildi.
Yig'ilishni MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov olib bordi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vitse-prezidentlari Saken Polatov va Aziz Kamilov, shuningdek, qo'mitaning boshqa xodimlari, barcha federatsiyalarning mutasaddi rahbarlari va OAV vakillari ham ishtirok etishdi.
Ta'kidlash joiz, ushbu yig'ilish tanqidiy ruhda o'tkazildi. Hisobot uchun dastlab ushbu ikki federatsiya tanlab olingani ham bejiz emas. Zero, mazkur sport turlari Olimpiya o'yinlarida eng ko'p medal o'ynaladigan yo'nalishlarni qamrab oladi. Biroq bu bo'yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari u qadar ham ko'ngildagidek emas. R.Shoabdurahmonov bunga alohida to'xtalib o'tdi.
“Hozirgi kunda biz uchun eng dolzarb masala Tokio Olimpiadasi va unga tayyorgarlik. Shu asosda sport federatsiyalari va mashg'ulotlar jarayonini yanada kuchaytirish kerak. Yaxshi natijaga erishish uchun biz jon kuydirib ishlashimiz, oldimizda turgan barcha muammolarni hal qilmog'imiz lozim. Shuningdek, sport tibbiyoti va farmakologiyasi bo'yicha dunyoning etakchi mamlakatlari bilan hamkorlik ishlarini ham yo'lga qo'yishimiz talab etiladi. Barcha federatsiya va assotsiatsiyalar diqqatiga, taqvimdagi litsenzion va reyting ochko beradigan musobaqalar hamda ulardagi muvaffaqiyatli ishtirokimizni nazorat qilish kerak. Atletlarimizning yuqori natija qayd etishida faxriylarimizning ham yordami as qotadi. Ulardagi boy tajribadan foydalanib qolaylik. Har bir federatsiyaga faxriylar to'liq biriktirilsin va ular imkoniyati darajasida terma jamoa bilan ishlashsin”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.
Yig'ilishda dastlab O'zbekiston “rowing & canoe” federatsiyasining hisoboti tinglandi. Hisobotni federatsiya Bosh kotibi Vyacheslav Didrix o'qib eshittirdi. Unda V.Didrix sportchilarimizning yil boshidan beri nufuzli xalqaro musobaqalarda qayd etib kelayotgan natijalarini, bu yilgi jahon chempionatiga olib borilayotgan tayyorgarlik, Tokio Olimpiadasi uchun ko'zlanayotgan yo'llanmalar va medal bo'yicha tahliliy taqdimot qilib berdi. Shuningdek, suv sporti turlari federatsiyasi Bosh kotibi Alisher G'aniev ham xuddi shu asosda tayyorlab kelgan taqdimotini namoyish qildi.
Yig'ilish davomida har ikki federatsiyaning faoliyatiga tanqidiy baho berilib, oldinda qilinishi kerak bo'lgan ishlar va chora-tadbirlar bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi. Shuning bilan yig'ilish o'z ishini yakunladi. Federatsiyalarning kelgusi hisoboti yana 2 haftadan so'ng o'tkaziladi.