So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Bunyodkor": Minskdagi ikkinchi kun
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 635
Jamoamizning Belorus poytaxti Minsk shahridagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari davom etadi.
Yig'inning birinchi kunida engil mashg'ulotlar bilan kifoyalangan «qaldirg'ochlar» ikkinchi kundan e'tiboran ikki mahaldan shug'ullanishga kirishishdi. Ertalabki mashg'ulotlarga jismoniy yuklamalarga e'tibor qaratildi. Murabbiylar shtabi davralar oralig'idagi tanaffusdan unumli foydalangan holda futbolchilarning jismoniy holatini yanada yaxshilash borasida ish olib borishmoqda.
Tushdan so'ng o'tkazilgan mashg'ulotlarda asosan to'p bilan ishlandi. Mashg'ulotlar doimgidek ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Hali to'liq kuchga kirib ulgurmagan Islomjon Qobilov ikkinchi kungi mashg'ulotlarda yakka tartibda bo'lsa-da, to'p bilan ishlashni boshladi. Qolgan futbolchilarning barchasi umumiy guruhda shug'ullandi. Darvozabonlarni odatdagidek Abdusattor Rahimov alohida shug'ullantirdi. Kechki ovqatdan avval esa, nazariy mashg'ulot o'tkazildi.
Yig'inning uchinchi kungi rejasidan ertalabki mashg'ulot va o'rtoqlik uchrashuvi o'rin olgan. Bu haqda ertaga ma'lumot beramiz.
"Bunyodkor" matbuot xizmati.