Bugun besh nafar dzyudochimiz Budapesht Gran-prisida ishtirok etishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 712

Bugun Vengriya poytaxtida dzyudo bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi navbatdagi yirik musobaqa start oladi. Reglamentga ko'ra, bugun engil vazn toifasidagi bellashuvlar o'tkaziladi va unda terma jamoamizning 5 nafar vakili Gran-pri chempionligi uchun bahslarga kirishadi. Hamyurtlarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev – Kimran Borchashvili (Avstriya) / Karamat Xuseynov (Ozarbayjon)
-60 kg: Kemran Nurillaev – Temur Nozadze (Gruziya) / Gonsalo Mansino (Portugaliya)
-66 kg: Sardor Nurillaev – Tal Almog (Argentina) / Ibrohim Aliev (Ozarbayjon)
-66 kg: Shahram Ahadov – Manuel Shibel (Germaniya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Chishima Maeda (Yaponiya)
Eslatib o'tamiz, musobaqa g'olibi Tokio Olimpiadasi reytingi uchun 700 ochkoga ham ega bo'ladi.

Bosh sahifaga
386