«Manchester Yunayted» Savich uchun 80 mln evro to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 496
“Latsio” yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich faoliyatini APLda davom ettiradi.
Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, “Manchester Yunayted” mazkur transfer borasida “Latsio” bilan aloqaga chiqqan.
Manbaning ma'lumotiga qaraganda, mankunianliklar Savich uchun rimliklarga 80 mln evro to'lashga tayyor, biroq hali rasmiy taklif bilan chiqmadi.
“Latsio” esa Milinkovich-Savich uchun 100 mln evro to'lashga tayyor. Shuningdek serbiyalik futbolchining xizmatiga PSJ ham qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot o'rnida, 24 yoshli futbolchi o'tgan mavsum “Latsio” safida 41 ta o'yin o'tkazdi va 7 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!