Milliy Olimpiya qo'mitasi yangi nomlarni kashf qilishda davom etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8761
Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo'mitasi Respublika bo'ylab keng ko'lamdagi selektsiya ishlarini olib bormoqda. Bu yo'lda navbatdagi musobaqa 24-25 dekabr kunlari Toshkent shahrida engil atletika bo'yicha o'tkazildi. Asosiy maqsad – yurtimizning chekka-chekka hududlaridagi iqtidorlarni sinab ko'rib, ularni terma jamoaga jalb etish va kelajakda Olimpiya o'yinlari, Osiyo va jahon chempionatlarida yurtimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'tarishdan iboratdir.
Shuningdek, engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining Tokio Olimpiadasi litsenziyasini qo'lga kiritish uchun da'vogar sportchilar maxsus sinovdan o'tkazildi. Unga ko'ra, sportchilar ko'pkurash bo'yicha normativ topshirdilar. Ushbu sinovlar atletlarimizning jismoniy holatini kuchaytirish, ularni chidamliligini oshirish maqsadida tashkil etildi.