«Real» Neymarning transferidan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 467
Madridning “Real” klubi PSJ hujumchisi Neymarni sotib olish fikridan qaytdi, deb xabar beradi AS nashri.
Avvalroq parijliklar braziliyalik futbolchini “Real”ga tavsiya qilgan edi. Ommaviy axborot vositalarida Neymarni sotib olishga “qaymoqranglilar” prezidenti Florentino Peres qiziqayotgan ekan. Lekin keyinroq ma'lum bo'lishicha braziliyalik futbolchi umuman bosh murabbiy Zinedin Zidanning rejasiga kirmadi.
Ma'lumot o'rnida, 27 yoshli futbolchi o'tgan mavsum 28 ta o'yinda maydonga tushib 23 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!