So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Madinabonu Mannopova Koreyadagi musobaqada sovrindor bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1353
Janubiy Koreyaning Chunchxon shahrida taekvondo bo'yicha G2 toifasiga kiruvchi “Chuncheon Open” musobaqasi start oldi.
Tokio Olimpiadasiga reyting ochko taqdim qiladigan ushbu musobaqada 4 nafar hamyurtimiz ishtirok etmoqda.
Bugun musobaqaning birinchi kun bahslarida -49 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Madinabonu Mannopova bronza medalini qo'lga kiritdi. Qur'aga ko'ra, hamyurtimiz birinchi davradan erkin o'tdi. Ikkinchi bosqichda J.Koreya, chorak finalda xitoylik raqiblaridan ustun kelib, yarim finalda Xitoy Taipeyi vakilasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi va bronza medali bilan taqdirlandi. Ushbu natija orqali Tokio Olimpiadasiga 7.2 reyting ochkosini ham jamg'armoqda.
Ertaga bo'lib o'tadigan bellashuvlarda Svetlana Osipova (+73 kg), Nikita Rafalovich (-74 kg) hamda Shohruh Rajabov (+87 kg) bahslarga kirishadilar.