"Ayaks" etakchisi bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 833

"Ayaks" yarim himoyachisi Dushan Tadich bilan shartnomani 2023-yilning yozigacha uzaytirdi. Bu haqda Amsterdam klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
30 yoshli serbiyalik futbolchi "Ayaks"ga o'tgan yozda "Sautgempton"dan 11,4 mln evro evaziga o'tgan.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda Tadich 56 uchrashuvda 38 ta gol urib, 24 ta gollik uzatma bergan.
Shuningdek, yarim himoyachi "Groningen", "Tvente" va "Sautgempton" jamoalarida to'p surgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203