«Atletiko» Grizmannga jarima yoza boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1011

"Atletiko" klubi yig'inga tashrif buyurmagan Antuan Grizmannga qancha miqdorda jarima solishi mumkinligi aniq bo'ldi.
AS nashri tarqatgan xabariga ko'ra, "matraschilar" La liga reglamentiga muvofiq, futbolchiga har bir kun uchun maoshining 4 foizi miqdorida jarima solmoqda. Grizmanning "Atletiko" safidagi maoshi 23 million evroga teng bo'lsa, u bir kunda 3-5 ming evro miqdorida pul yo'qotmoqda.
Avvalroq "Barselona" 120 million evro miqdoridagi tovon pulini bo'lib to'lash taklifini bergan bo'lsa, "Atletiko" bu taklifni rad qilib, pulni birdaniga to'lash kerakligini ta'kidladi. Shundan so'ng frantsiyalik futbolchining o'zi ushbu summani jamoasiga to'lab, o'z transfer huquqini sotib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Uning "Barselona"ga transferi 1-2 kun ichida hal bo'lishi mumkin.

Bosh sahifaga
197