O'zbekiston terma jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon kubogida ishtirok etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 948

12-15 iyul kunlari Polshada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida Jahon kubogi bahslari bo'lib o'tadi.
Unda Jamshid Asadov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jahon kubogi bahslarining guruh bosqichiga tashlangan qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning "S" guruhidan o'rin oldi. Guruhda terma jamoamizga Ispaniya, Vetnam, Rossiya, Latviya, Sloveniya, Belarus terma jamoalari raqiblik qiladi.
Terma jamoamiz mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon kubogiga quyidagi tarkibda yo'l oladi:
Darvozabon: Sergey Islamov
Himoyachilar: Danil Shaplov, Toir Ergashboev, Jahongir Ochilov, Abduqahhor Shonazarov.
Yarim himoyachilar: Edgar Shamshidov, Amir Nyuskov, Ruslan Karaxanyan.
Hujumchilar: Timur Abibullaev, Salim Son.
Yordamchi murabbiy: Aziz Kasimov.
Bosh murabbiy: Jamshid Asadov.

Bosh sahifaga
202