Shuhrat Toshpulatov: «Keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan «Nasaf» muxlislarini tabriklayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 560
Liga Kubogi “D” guruhi “Mash'al” – “Nasaf” uchrashuvidan so'ng qarshiliklar murabbiyi Shuhrat Toshpulatov bugungi bellashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi.
- Bugungi uchrashuvda yigitlarimizda charchoq alomatlari sezilib turdi. Shunga qaramasdan bugun ishonchli g'alabaga erishdik. Buning uchun yigitlarga rahmat aytaman.
Derbiga har doimgi reja asosida tayyorgarlik olib bordik. Raqibimiz “Mash'al” jamoasi ham yaxshi shakillangan yosh jamoa. Uchrashuv natijasiga keladigan bo'lsak, bugun tajriba o'z so'zini aytdi.
Bugundan jamoamiz qisqa ta'tilga chiqdi. 14 iyul kuni o'z qarorgohimizda yig'ilib, 2-davraga puxta tayyorgalik olib boramiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!