O'zbekistonlik maktab o'quvchisi Osiyo chempioniga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 804
Joriy yilning 19-29 iyun kunlari Toshkent shahrida shaxmat bo'yicha 15-Osiyo chempionati o'tkazildi. Mazkur musobaqada 18 ta davlat vakillari ishtirok etdi. Bu haqda Worldnews.uz axborot agentligi xabar bermoqda.
Musobaqada Nurobod tumanidagi 75-maktabning 8-sinf o'quvchisi Sevinch Alimova 15 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida blits yo'nalishida faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritib, Osiyo chempioni nomiga sazovor bo'ldi.
Uch karra O'zbekiston chempioni, ikki marta kumush medal sohibi Sevinch Alimova 2018 yilning oktyabr oyida Gretsiyada o'tkazilgan jahon chempionatida ham faol qatnashgan.
“5 yoshimdan boshlab shaxmat bilan shug'ullanaman. Ilk ustozim - dadam Yunus Ismoilov menga shaxmat sirlarini o'rgatganlar. 7 yoshimdan boshlab shaxmat bo'yicha chempionatlarda qatnashib kelmoqdaman.
8 yoshimda Respublikada 2-o'rin, 10 yoshimda 2-o'rin, 14 yoshimda 1-o'rinni egalladim. Bu yil men uchun eng muvaffaqiyatli yil bo'ldi. Chunki ilk bor Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo'ldim, deydi Sevinch Alimova.