Top-10: Yozning qaynoq transferlari!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 638
Jazirama yozning qaynoq transferlari. Yoz oyining iyunni ham ortda qoldi, shu bilan bir qatorda futbol olamida transfer mavsumining bir oyi ham yakunlandi. Worldnews.uz axborot agentligi aynan futbol olamidagi transferlar mavzusiga e'tibor qaratdi.
Hozirgi vaqtga kelib klublar transfer mavsumini eng yuqori cho'qqisida. Har bir klub o'z jamoasini yangi mavsumga ishtiyoq bilan tayyorlab bormoqda, bu borada menejer, sport klublarining ishlari eng qizg'in pallada.
Sizning e'tiboringizga iyun oyida jahon futbolida yuz bergan Top –10 transferlarni taqdim etamiz.
10. Kostas Manolas “Roma”dan “Napoli”ga 36 mln evro
Olti ajoyib mavsumdan so'ng 28 yoshli futbolchi “Roma” klubini tark etmoqda. Grek himoyachisiga Madridning “Atletiko” klubi ham qiziqish bildirgan edi.
Karlo Anchelotti taklifiga binoan “Napol”ga ko'chib o'tishga qaror qildi.
9. Raul Ximenes “Benfika” dan “Vulverxempton”ga 38 mln evro
“Benfika” dan “Vulverxempton”ga 38 mln evro
O'tgan mavsumda “Benfika”dan “Bo'rilar” tarkibiga ijara asosida ko'chib o'tgan futbolchi, yuqori darajada o'z o'yinlarini namoyish qildi. U APLda 13 gol kiritishga erishdi va “Vulverxempton” bilan Evropa Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
“Bo'rilar”ning rahbariyati ushbu futbolchini to'la qonli harid qilish taklifi bilan “Benfika”ga murojaat qildi. Meksika yarimhimoyachisi 38 mln, evroga harid qilindi.
8. Rodrigo Goes “Santos”dan “Real”ga 45 mln evro
18 yoshli futbolchi “Santos”dan Madridga ko'chib o'tdi.
Janubiy Amerikalik yosh iqtidor egasi ”Real”da 45 mln evro maosh oladi. Yosh futbolchilar transfer bozorida ushbu narx rekord hisoblanadi.
7. Ferlan Mendi “Lion”dan“Real”ga 48 mln evro
24 yoshli frantsuz futbolchisi Ferlan Mendi Zidanning taklifiga binoan harid qilindi.
Ushbu futbolchining tarixigi biroz yuzlanib o'tamiz, chunki 14 yoshida u shifokorlardan artrit tufayli yurish mumkin emasligini eshitgan.
Futbolchi nogronlik aravachasigi mixlanib qolishga majbur bo'ldi. Biroq kuchli harakter egasiga aylangan himoyachi bugungi kunga kelib “Qirollik” klubi tarkibiga borib qo'shildi.
6. Eder Militao “Porto” dan “Real”ga 50 mln evro
Madridliklar "Portu"ning 21 yoshli hujumchisini sotib oldi. Eder Militao o'zining sobiq jamoasiga “Santos”dan 8 mln evro evaziga hariq qilingan edi.
5. Aaron Uan-Bissaka “Kristal Pelas”dan "Manchester Yunayted"ga
55 mln evro 21 yoshli Kongo terma jamoasining himoyachisiga evropaning top klublaridan takliflar kelib tushdi.
Ular orasida, “Bavariya” va “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bilan “Kristal Pelas” rahbariyatga yuzlanishdi. Futbolchining o'zi bolalik davridagi orzusiga aylangan MYu tanladi.
4. Luka Yovich “Ayntraxt”dan “Real”ga 60 mln evro
Luka Yovich 4 iyunda “Real” futbolchisiga aylandi. “Madrid” klubi serbiyalik futbolchini 60 million evroga harid qildi. Yovich ushbu transferga quydagicha izoh berdi. “Hozirgi vaqtda men dunyodagi eng baxtli yigitman.
Men eng katta klub bilan shartnoma imzoladim. Bu qarorni qabul qilish oson bo'lmadi, ammo men to'g'ri qadam tashlay oldim deb o'ylayman”, - deydi 21 yoshli o'yinchi. Serbiyalik forvard “Ayntraxt” klubidan kelib qo'shildi va 6 yillik shartnoma tuzgan.
3. Frenki de Yong "Ayaks" dan “Barselona”ga 75 mln evro
Kataloniyaning “Barselona” klubi futbolchisiga aylangan Frenki De Yong, ushbu qishdayoq xarid qilinishga ulgurgandi.
O'tgan mavsumni u “Ayaks” tarkibida o'tkazdi va 31 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi. “Ayaks” De Yongni “Villem II” dan ikki yil oldin 10 mln evroga harid qilgan edi.
2. Lukas Ernandes “Atletiko” dan “Bavariya”ga 80 mln evro
Chap qanot himoyachisini “Bavariya” Madridning “Atletiko” klubidan harid qildi. "Bavariya" o'z tarixida himoyachi uchun birinchi bor, 80 mln evro sarfladi .Dunyo tarixidagi rekord esa - faqat bir marta – “Liverpul” “Sautgempton”dan Virgil van Dyakni 85 mln evro kuzatilgan.
1. Eden Azar “Chelsi”dan “Real”ga 100 mln evro
Eden Azar “Chelsi” dagi 7 yillik faoliyatidan so'ng, “Real”ga o'tdi. Bu transfer haqida ko'plab bahs-munozaralar bo'ldi. “Chelsi" sardori “qaymoqranglilar” safida to'p tepish uning bolalikdagi orzusi ekanligini yashirmagan edi.
Azar "Real" ning eng ko'p haq oluvchilar ro'yxatida ikkinchi o'rinni band etdi. Futbolchining Madriddagi maoshi yiliga 11 million evroni tashkil etadi. Birinchi o'rinda jamoa sardori Serxio Ramos. U yiliga 12 million evro haq oladi. Belgiyalik bilan 5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
Sirojiddin tayyorladi