Ronaldino zo'ravonlikda ayblanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 593
Mashhur futbolchi Ronaldinoning sobiq xotini uni uydagi zo'ravonlikda ayblab, sportchiga qarshi da'vo arizasi bilan Braziliya sudiga chiqdi. Bu haqda Worldnews.uz axborot agentligi xabar bermoqda.
Ayolning so'zlariga ko'ra, hujumchi 2018 yilda janjal ko'targan va uni kaltaklagan.
“Futbolchining advokati esa hech qanday da'vo arizasi olmaganini aniq ko'rsatgan”, - deyiladi manbada.
Ronaldino sobiq turmush o'rtog'i Priskilla bilan 2018 yilda ajrashgan. Mashhur hujumchi o'z faoliyatini 2015 yilda tugatishga qaror qildi. Eslatib o'tamiz, Ronaldinoning o'g'li Braziliyaning “Kruzeyro” klubi sharafini himoya qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!