"Atletiko" Grizmannga jarima solishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 659
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Barselona"ga o'tishda qiyinchilikka duch keldi.
"Atletiko" juma kuni "Barsa" va frantsuzni hurmatsizlikda ayblab bayonot berdi va futbolchini mavsumoldi tayyorgarlik mashg'ulotlariga chaqirdi.
Grizmann bundan xafa va mavsumoldi tayyorgarlik mashg'ulotlariga qaytmasligini "Atletiko"ga ma'lum qildi.
Gap shundaki, bahorda rahbariyat va Simeone bilan uchrashuvda "Atletiko" uni qo'yib yuborishiga ishontirgan edilar.
Mashg'ulotlarga qo'shilmasa, "Atletiko" hozir futbolchini jarimaga tortmoqchi.
Grizmann klublar tezroq kelishib olishlarini istamoqda, agar kelisha olmasalar, "Barselona" unga belgilangan tovon pulini to'laydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!