Messi: "Korruptsiya va hakamlar Argentinaning finalga chiqishiga yo'l bermadilar"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 600
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi nima uchun Amerika kubogi-2019 bronza medallari topshirish marosimiga chiqmaganini tushuntirdi.
"Biz korruptsiya va hurmatsizlikning bir qismi bo'lib qolmasligimiz uchun medal olishga chiqmadim. Biz ko'prog'iga loyiq edik, ammo bizning finalga yo'l olishimizga yo'l bermadilar.
Korruptsiya va hakamlar odamlarni zavqdan mahrum qildilar. Futbol buzildi. Korruptsiya va hakamlar bizning finalga chiqishimizga to'sqinlik qildilar. Haqiqatni aytish kerak.
Braziliya Amerika kubogini yutadimi? Bunga shubha yo'q. Afsuski, hammasi Braziliya uchun tuzilgan deb o'ylayman.
Umid qilamanki, hakamlar va VAR hech narsaga ta'sir qilmaydilar va Peru raqobat hosil qila oladi, u bunga munosib. Ammo ko'rib turibmanki, juda qiyin bo'ladi", - deydi Messi.