"Humo arena"da "Olimpiya kuni" uchun atalgan bayram boshlanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 629

Yana sanoqli daqiqalardan keyin poytaxtimizdagi «Humo arena» muz saroyida «Olimpiya kuni»ga bag'ishlangan katta bayram boshlanadi. Ayni paytda mazkur bayramning bir qismi bo'lgan dasturlar o'tkazilmoqda. Arena atrofida turli sport turlari bo'yicha sportchilarning ko'rgazmali chiqishlari muxislar uchun havola etilmoqda. Ichkarida esa yurtimizda faoliyat olib borayotgan federatsiyalarning ko'rgazmalari qo'yilgan. Bir so'z bilan aytganda, «Humo arena»da haqiqiy sport nafasi ufurib turibdi.
Daqiqa sayin tomoshabinlar oqimi ko'paygandan ko'paygan va asosiysi barchalarining kayfiyati a'lo. Roppa-rosa 19:00 da ular uchun tayyorlab qo'yilgan sportchilar va san'atkorlar ijrosidagi kontsert dasturi boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208