So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Futbol olamidagi eng mashhur iqtiboslar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 530
Britaniya nashrlaridan biri futbol olamidagi eng mashxur 100 ta iqtiboslar haqida katta maqolani chop etdi. Aynan shu voqeadan so'ng, biz ham charp to'p ishqibozari uchun eng mashxur iqtiboslarni taqdim etishga qaror qildik.
Agarda siz o'z vaqtingizni maroqli o'tkazishni istasangiz, hech qachon nemislarni «Uembli» chorlamang!
Alan Shirar
Men «Milan»dan faqat osmongina baland turadi deganman?! «Inter» osmonlardan ham balandroqdagi klub!
Antonio Kassano
Italiyancha futbol bu – Eng qo'rqinchli o'yin! Ikkita futbolchi hujum qiladi, 10 ta futbolchi himoyalanadi, yosh futbolchilar esa, zahirada o'tiradi!
Arigo Sakki
O'yin yoddan ko'tariladi biroq, natija qoladi
Labanovskiy
Agarda men o'lsam, meni kim bilan uchrashganimni yodga olishmaydi, kim bilan urushganimi yodga olishmaydi, nechta mashinani pachoq qilganim bilan ham hech kimning ishi bo'lmasligi mumkin. Sababi, bu muhim voqealar emas, lekin mening o'yinimni abadiy xotiralarida qoladi!
Jorj Best
Agarda uni «Fiat» singari boshqaradigan bo'lsang, «Ferrari» sotib olishning nima keragi bor?!
Ibrahimovich
Men sobiq futbolchi, sobiq murabbiy, sobiq direktor, sobiq klub prizidentiman. Bu ro'yhat ko'rsatib turibdi-ki, hamma narsaning oxiri bor va men so'nggi manzilimga etib keldim!
Yoxan Kroyf
Agarda senda kuchli futbolchilar jamlangan bo'lsa, bu sening kuchli jamoang bor degani emas!
Marchello Lippi
Men kelishgan yigitlar sirasiga kirmasamda men ko'rsatayotgan futbol o'ziga maftun qiladi!
Ronaldino
Xar safar o'yindan so'ng futbolka almashadigan bo'lsam, ulardan ter hidi anqib turadi. Faqat bir safar Bekham bilan bunday xol yuz bermagan edi. Uning futbolkasidan adekalonning isi kelardi. U buni qanday uddaladi ekan deya o'ylab qoldim. Menimcha u parfyumeradan foydalanadi!
Ronaldo
Futbolda kuchlilar g'olib bo'ladi, kim kuchli deysizmi? Albatta g'alaba qozongan tomon!
Frants Bekkenbauer
Agarda sen jarima maydonchasida to'p bilan nima qilishni bilmay qolsang, shunchaki gol ur! O'yindan so'ng biz o'sha soniyalarda yana nima qilishing mumkinligi haqida o'ylab ko'ramiz!
Bob Peysli
Hakamlarning xatosi shunda-ki, ular qoidalarni bilishadi, ammo o'yinning mohiyatini tushuna olishmaydi!
Bill Shenkli
Men maqtovlarni u qadar xush ko'rmayman. To'g'risi meni tanqid eshitib uni inkor qilishni xush ko'raman
Pol Skoulz
Men uchta JChni penaltilar tseriyasi sababli boy berdim. Qarshiligingiz bo'lmasa, biroz asabiy bo'lib qolmoqchiman!!!
Roberto Badjo
Agarda men Patrik Viera bilan mushtlashishgacha borganimda, u meni o'ldirib qo'yar edi!
Roy Kin
Men terma jamoani qabul qilib oldim. Umid qilaman-ki, mendan so'ng jamoa qoladi!
Luis Aroganes
Kuch hayvonlar uchun! Futbol o'ynashimiz uchun bizga yahshi ishlaydigan bosh va to'p zarur!
Lui van Gal
Men aql bilan emas, yurak bilan futbol o'ynayman. Men o'ylab o'tirmayman, shunchaki harakatni boshlayman!
Tieri Anri
Men bir necha haftada ingliz tilini shuday o'rganib olaman-ki, inglizcha so'zlaganimda meni istalgan nemis tushuna oladi !
Lotar Matteus
Men hech qachon murabbiylik sohasida ish yuritmayman. Nega deysizmi? Sababi, buning uchun futbolchilikdan va unda ortitilgan jamiki muhim narsalardan voz kechish talab etilad. Men uchun bu juda qadrli!
Denis Berkamp
Agarda men kech tushgan zahoti tungi klubga bormasam, ertasi kuni gol ura olmayman!
?????
So'ngi iqtibosning egasini topishga urunib ko'ring!