Mourino "Guanchjou Evergrand"ni boshqarishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 641
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Guanchjou Evergrand"ning qulay taklifini rad etdi, deya xabar beradi The Guardian.
Manbada yozilishicha, bunga oilaviy ahvol sabab qilib ko'rsatilgan.
Mourino o'tgan yilning dekabrida "MYu"dan iste'foga chiqarilganidan buyon ishsiz yuribdi. U "Old Trafford"da 17 mln evro ishlab topgan. Murabbiy Xitoy klubida ancha ko'proq ishlab topishi mumkin edi.
Muzokaralardan so'ng Joze rad javobini berdi, chunki bu oilaviy ishlariga ta'sir qilishi mumkin. Shuningdek, Mourinoni terma jamoalardagi ish ham qiziqtirmaydi. U imkoniyat topilsa klub futboliga qaytmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!