Ronaldinoning sobiq xotini futbolchi ustidan sudga murojaat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 710
Ronaldinoning sobiq xotini Pristsilla Koelo futbolchining ustidan sudga shikoyat kiritdi.
Koeloning ta'kidlashicha, 2018 yilning dekabr oyida ular o'rtasidagi janjal paytida Braziliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi uni urgan.
«O'sha paytda politsiyaga qo'ng'iroq qilmaganimdan afsuslanaman. Bog'dagi janjal paytida u meni qattiq turtib yubordi. Men esa yiqilib, jarohat oldim. Men u erda ikki soat bo'ldim, bo'lib o'tgan ishga ishonmasdan yig'ladim. Men avvalroq uning ustidan sudga murojaat qilmagan edim. U bilan gaplashib olsam, hammasi joyiga tushib ketadi, deb o'ylagandim. Axir biz 6 yil davomida birga yashadik. Ammo men haq bo'lib chiqmadim», – dedi Koelo.
Koelo 2012 yildan beri birgalikdagi turmushi paytida xarid qilingan mulklarning bo'linishini istamoqda.
Ronaldinoning advokati Serxio Kueros barcha ayblovlarni inkor qildi va futbolchining ustidan sudga murojaat qilingani haqida ma'lumot olmaganini ta'kidladi.