Rasmiy xabar! PSJ Ander Errera bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 545
Frantsiya klubi ispaniyalik futbolchi Ander Errera bilan rasman shartnoma imzoladi. Shartnoma 2024-yilning 30-iyungacha amal qiladi.
Errera PSJga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi.
Ma'lumot o'rnida, so'nggi 5 yil ichida yarim himoyachi "Manchester Yunayted" safida to'p surgan.
Shuningdek, o'tgan mavsumda Errera APLda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 3 ta gollik uzatma bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!