"Bolonya" Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 440
Rodrigo Palasio yana bir mavsum "Bolonya" safida to'p suradi. Klub futbolchi bilan 2020-yilning yozigacha shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Palasio 2017-yilning avgustida "Bolonya" safiga kelib qo'shilgandi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda futbolchi "A" seriyada 28 ta uchrashuv o'tkazib, u 3 ta gol urdi va 6 ta gollik uzatma berdi.
Shuningdek, hujumchi "Boka Xuniors", "Djenoa" va "Inter" klublarida to'p surgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!