Rasmiy xabar: Lempard «Chelsi» bosh murabbiyi etib tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 657

“Derbi Kaunti” klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradi. Londonliklar klubi 41 yoshli mutaxassis bilan uch yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Tomonlar kecha tungacha davom etgan olti soatlik muzokaralardan so'ng kelishuvga erishganlar.
Ingliz mutaxassisi jamoada avvalroq “Yuventus”ga yo'l olgan Mauritsio Sarrining o'rnini egallaydi.
Lemrard 2018 yilning yozida “Derbi” bosh murabbiyiga aylangan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175