"Arsenal" asosiy himoyachisi bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1126

Kanonirlar Nacho Monreal bilan shartnomani bekor qildi.
NBC jurnalisti Jerri Styuart xabar berishicha, Londonliklar 33 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan xayrlashdi. Monreal erkin agent sifatida katta ehtimol bilan "Real Sosedad" jamoasi a'zosiga aylanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Monreal "Arsenal" safiga 2013-yil "Malaga"dan 10 mln evro evaziga kelib qo'shilgandi.
Shuningdek, futbolchi APLda jami 248 o'yin o'tkazib, 10 ta golga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222