Messi: "Bu musobaqada hakamlarning g'alati qarorlaridan charchadik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 687
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Amerika kubogi-2019 yarimfinalida Braziliyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:2) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz ajoyib o'yin o'tkazdik, ammo shunday natija bilan tugadi. Ular bizdan kuchli emasdilar. Bu musobaqada hakamlarning g'alati qarorlaridan charchadik. Hakam bu o'yin davomida VARdan bir marta ham foydalanmagani ajablanarli bo'ldi.
Biz juda tirishdik. Ammo kartochkalar braziliyaliklargamas, bizga qaratildi. Hakam o'z qarorlarida adolatsiz bo'ldi", - deydi Messi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!