Alissonning "quruq" seriyasi 9ta o'yinga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 650
Amerika kubogi-2019 musobaqasining yarimfinalida Braziliya termasi Argentina ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Braziliyaliklar posboni Alisson uchun bu gol o'tkazmagan 9-o'yin bo'ldi.
Alissonning seriyasi EChL pley-offida "Barselona"ga qarshi javob o'yinidan (4:0) boshlangan edi. Keyin "Vulverxempton" (2:0), "Tottenxem" (1:0), Gonduras termasi (7:0), Boliviya termasi (3:0), Venesuela termasi (0:0), Peru termasi(5:0), Paragvay termasi (0:0) hamda Argentina termasiga (2:0) qarshi o'yinlarda davom etdi.
Braziliya termasi musobaqa finalida boshqa yarimfinal Chili - Peru o'yini g'olibi bilan o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!