Ronaldu ta'tilda ham shug'ullanmoqda (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 900
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu hozirda ta'tilda bo'lishiga qaramay, mashg'ulotlarni kanda qilmayapti.
Portugaliyalik futbolchi engil atletika bo'yicha mutaxassis Frensis Obikvelu qo'lostida mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
"Do'stim Frensis Obikvelu bilan sport manejida shug'ullanish ajoyib tajriba bo'ldi", - deya yozuv qoldirdi Ronaldu o'zining Instagram'dagi sahifasi video joylar ekan.
Yakunlangan mavsumda 34 yoshli Krishtianu Ronaldu "Yuventus" safida barcha musobaqalar doirasida 43ta o'yinda maydonga tushib, ularda 28ta gol urdi va 10ta golga uzatma berdi. Uning turinliklar bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!