Reshford "Manchester Yunayted"da haftasiga 200 ming funt oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 608
"Manchester Yunayted" Markus Reshfordni jamoadagi eng ko'p maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylantirmoqchi. Tomonlar yangi besh yillik shartnoma imzolashga yaqin turishibdi. Unga ko'ra, 21 yoshli ingliz haftasiga 200 ming funt (taxminan 223 ming evro) oladi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Hozirda "Manchester Yunayted"ning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi Aleksis Sanches bo'lib, u haftasiga 391 ming funt (taxminan 436 ming evro) oladi.
Eslatib o'tamiz, Reshfordga "Barselona", "Real" va "Manchester Siti" qiziqish bildirgan. Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda Reshford 47 ta o'yinda 13 ta gol va 9 ta gollik pas berishga sazovor bo'lgan. Uning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2020-yilning 30-iyunigacha amal qiladi.