Odil Ahmedov jamoasi g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 923
Xitoy Superligasida 15-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib borayotgan “Shanxay SIPG” bu safar “Shenjen” klubi mehmoni bo'ldi va Oskar tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga zafar quchdi.
Uchrashuvda O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori ilk daqiqalardan maydonda harakat qildi va to'liq o'ynadi.
“Shanxay SIPG” ayni paytda 37 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalida 2-pog'onada bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!