«Yuventus» ertaga De Ligt transferini e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 859
Turin klubi "Ayaks"ning markaziy himoyachi Mateis de Ligtning transferiga rozi bo'ldi. "A" seriyaning o'tgan mavsum chempionlari ertaga futbolchining transferini rasmiy ravishda e'lon qiladi. Bu haqida Tuttosport xabar bermoqda.
19 yoshli himoyachining transferi uchun "Yuventus" 67 mln evro to'laydi. De Ligt Turinliklar bilan yiliga 8 mln evrolik besh yilga mo'ljallangan shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Yangi jamoada futbolchi bonus sifatida yiliga 4 mln evroga ega bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!