"Bavariya" Maneni rekord miqdorda jarimaga tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78
Sadio Manening Leroy Sane bilan janjali uchun olgan jarimasi "Bavariya" tarixidagi rekord bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinidan so'ng, kiyim almashtirish xonasidagi mojaro paytida Mane Sanening yuziga urgan edi.
Bild xabariga ko'ra, senegallik forvard buning uchun 350 ming evro jarimaga tortilgan.
Bu Myunxen klubi tarixidagi eng yirik jarima hisoblanadi. Masalan, Frank Riberi 2012 yilda Aren Robben bilan jang uchun 50 ming evro to'lagandi.
Shartnomaga ko'ra, "Bavariya" Sadioni 2 million evrogacha (oylik maoshi) jazolashi mumkin edi, ammo buni qilmaslikka qaror qildi.
Avvalroq jarima miqdori taxminan 500 ming evroni tashkil qilishi aytilgandi.