Benzema EChLda bu natijaga erishgan tarixidagi 5-futbolchi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89

Dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Chempionlar ligasida 150 va undan ortiq o'yin o'tkazgan tarixdagi beshinchi futbolchiga aylandi.
Opta xabariga ko'ra, sobiq jamoadoshlari Krishtianu Ronaldu (183) va Iker Kasilyas (177), shuningdek, Lionel Messi (163) va Xavi Ernandes (151) bu turnirda Benzemadan ko'proq o'yin o'tkazgan.
Eslatib o'tamiz, Benzema bugun Chempionlar ligasi 1/4 finalida "Chelsi"ga qarshi safar uchrashuvida "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibida maydonga tushgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
385