Garnachoni Mbappega qiyoslashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

Jahon chempioni Mario Kempes «Manchester Yunayted» hujumchisi Alexandro Garnachoning xususiyatlari haqida gapirdi.
«Garnacho ajoyib darajada o'yin va shaxsiyatga ega. U menga Mbappeni eslatadi. Nega u jahon chempionatiga bormaganini bilmayman», - deya mashhur hujumchining so'zlarini keltiradi D Sports Radio.
Eslatib o'tamiz, 18 yoshli Garnacho o'tgan yilning aprel oyida «Manchester Yunayted»da debyut qilgandi.
Joriy mavsumda u «qizil iblislar» libosida 29 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urib, 5 ta golga assistentlik qildi.
Argentina terma jamoasi tarkibida vinger allaqachon beshta o'yin o'tkazib, to'rtta gol muallifiga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
381